Ibragimovich: “YCHL titulisiz ham zo'r futbolchiman”

Eldor Akmurzayev
27 mar 2022
“Milan” forvardi Zlatan Ibragimovich Chempionlar Ligasida g'olib bo'la olmayotganiga munosabat bildirdi.

“Musobaqani qoyilmaqom deb hisoblayman. O'zimga yoqadigan bir qator gollarni urdim va Yevropaning eng yaxshi jamoalari hamda futbolchilariga qarshi o'ynash imkoniga ega bo'ldim.

YCHLda g'olib bo'la olmayotganim haqida qanday fikrdaman? Ikki xil munosabat. Yutsam ajoyib bo'lardi. Ammo g'olib bo'lolmasam, bu futbolchi sifatida meni o'zgartirmaydi. Mazkur titulga ega chiqsam ham bu meni yaxshiroq futbolchiga aylantira olmaydi, chunki allaqachon zo'r o'yinchiman. Zo'r futbolchilar esa hamma narsada ham g'alaba qozona olmasligi isbotlangan”, deydi Ibragimovich.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA