Ibragimovich diskvalifikaciya sababli "Jenoa"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Mirjalol Normatov
14 apr 2021, 00:35
"Milan" forvardi Zlatan Ibragimovich jamoasining navbatdagi bahsini o'tkazib yuboradi

39 yoshli futbolchi "Parma"ga qarshi o'yinda qizil kartochka olgani uchun bir o'yinga chetlatildi. Tartib-intizom qo'mitasi bosh hakamga qarshi haqoratli so'zlar ishlatilgani uchun qizil kartochka to'g'ri ko'rsatilgan degan hulosaga keldi.

Shuningdek, Ibragimovich 5 ming evro jarimaga tortildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal