Ibragimovich: "Agar MYUga kerak bo'lsam, men shu yerdaman"

Alisher
28 avg 2019, 12:22
"Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich APLga qaytishga tayyorligini bildirdi.

Forvard AQSH klubiga 2018 yilda "Manchester Yunayted" tarkibidan o'tgan edi.

"Men sherman, odam emasman. Sher hamon rivojlanishda davom etmoqda. Men hali ham bemalol premer-ligada o'ynashim mumkin. Agar MYUga kerak bo'lsam, hali ham shu yerdaman. Ammo hozir "Gelaksi"daman va bor e'tiborimni shunga qarataman.

Men Yevropada o'z ishimni qilganman va bundan xursandman. Menda 33ta sovrin bor va bundan ko'prog'iga ham umid qilaman. "Manchester Yunayted"ning oxirgi o'yinini ko'rdim. Agar ular penaltidan gol urishganida vaziyat o'zgargan bo'lar edi", - deydi Ibragimovich.

Zlatan hozircha to'purarlar ro'yxatining ikkinchi o'rnida bormoqda. 1-o'rinni esa 26ta o'yinda, 27ta gol urgan holda Karlos Vela band etib turibdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mirror