Ibragimovich 8 oy ichida ilk bor maydonga tushishi mumkin

Sherzod Nurmatov
8 fev 2023
Shvetsiyalik futbolchi safga qaytdi.

"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich 8 oy ichida ilk bor umumiy guruhda mashg'ulotlarni boshladi. Bu haqda "La Gazetta dello Sport" xabar bermoqda.

Shvetsiyalik o'yinchi tizzasidan olgan jarohatidan forig' bo'ldi. 41 yoshli hujumchi 10 fevral kungi "Torino"ga qarshi o'yin uchun qaydnomaga kiritilishi kutilmoqda.

Avvalroq Ibragimovich Chempionlar Ligasining pley-off bosqichi uchun arizaga kiritilmagani haqida xabar berilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazetta dello Sport