Husniddin Aliqulov OCHL guruh bosqichining eng yaxshi 8 nafar himoyachisi qatoridan o'rin oldi

Оқил Абдубарноев
18 iyul 2022, 19:44
OFK rasmiy sayti OCHL-2022 guruh bosqichida ajoyib statistika qayd etgan sakkiz nafar himoyachini e'lon qildi.

E'tiborga molik tomoni, ular orasidan "Nasaf" himoyachisi Husniddin Aliqulov ham joy olgan. "Ajdarlar" mudofaa vakili 31 ta havodagi kurashda g'alaba qozongan (guruh bosqichida barcha himoyachilar orasida eng yaxshi natija), shuningdek, 39 ta yakkakurashda ustun kelgan (guruh bosqichida barcha himoyachilar orasida 2-eng yaxshi natija).

Mazkur ro'yxatga Aref Agasi (Fulad), Pedro Enrike (Seylor Siti), Ahmad Yosir (Al Rayyan), Vere Korbin-Ong (Joxor Darul Tazim), Irfan Fandi (Patum Yunayted), Danial Esmailifar (Sepahon), Xvan Dje Von (Tegu FK) kabi futbolchilar ham kiritilgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ОФК