Husanov bunday natijaga erishgan tarixdagi ikkinchi futbolchiga aylandi

Khoja
20 fev 2025, 08:55
O'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov Santyago Bernabeuda Realga qarshi Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichining javob o'yinida shaharliklar safida maydonga tushdi.

Opta xabariga ko'ra, 20 yoshu 356 kunlik yoshda bo'lgan Husanov Chempionlar ligasining pley-off bosqichida Realga qarshi safar o'yinida debyut qilgan ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi.

Rekord Kaan Ayxanga tegishli bo'lib, u 2014 yilning mart oyida 19 yosh 128 kunligida Shalke 04da Realga qarshi maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Opta