Homiylik shartnomalari bo'yicha dunyo futbolida qaysi klub yetakchi?

Alisher
26 okt 2019, 14:33
Madridning "Real" klubi homiylik shartnomalari bo'yicha dunyodagi yetakchi sanaladi.

Ispan klubi homiylar bilan hamkorlikdan yiliga 190 million evro topadi. Ikkinchi o'rin esa MYUga tegishli. Uchlikni esa "Barselona" yakunlab beradi.

Qayd etish kerakki, "Real"ning asosiy daromadlari "Adidas" bilan imzolangan shartnoma orqali keladi (120 million evro).


1. "Real" - 190 million evro

2. "Manchester Yunayted" - 162 million evro

3. "Barselona" - 160 million evro

4. PSJ - 135 million evro

5. "Manchester Siti" - 127,4 mln evro

6. "Chelsi" - 115,8 mln evro

7. "Bavariya" - 106 million evro

8. "Arsenal" - 104,2 mln evro

9. "Yuventus" - 99 million evro

10. "Liverpul" - 98,5 mln evro

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RMC