Holand, Saka, de Bryuyne, Saliba – Nevill talqinida APL ramziy terma jamoasi

Sherzod Nurmatov
23 may 2023, 16:10
Gari Nevill APL mavsum jamoasini taqdim etdi.

"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Angliya chempionati 2022/23 yilgi mavsumining eng yaxshi futbolchilaridan iborat jamoani tuzib chiqdi. U 4-3-3 sxemasidan foydalandi.

Darvozabon: Nik Poup ("Nyukasl");

Himoyachilar: Kiran Tripper ("Nyukasl"), Uilyam Saliba ("Arsenal"), Ruben Diash ("Manchester Siti"), Pervis Estupinyan ("Brayton");

Yarim himoyachilar: Martin Edegor ("Arsenal"), Rodri, Kevin de Bryuyne (ikkisi – "Manchester Siti");

Hujumchilar: Bukayo Saka ("Arsenal"), Erling Holand ("Manchester Siti"), Gabriel Martinelli ("Arsenal"). 

Avvalroq Karrager tomonidan tuzilgan ramziy jamoani e'tiboringizga havola qilgan edik. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail