“Hokim Kubogi”. Ertaga “Neftchi” o'z ishtirokini boshlaydi

Narzulla Saydullayev
27 yanv 2017, 16:10
Farg'onada “Hokim Kubogi-2017” turniri qizg'in tarzda davom etmoqda.

Ertadan turnirning asosiy jamoalaridan  biri “Neftchi” jamoasi vakillari musobaqadagi  o'z ishtiroklarini boshlashadi. Kunning ilk qismida “Neftchi-2” futbolchilari “Yozyovon-Lochinlari” jamoasiga qarshi maydonga chiqishadi. Ushbu bellashuv soat 11:00da boshlanadi. Tushdan so'ng ham yana bir o'yin bor. Unda “Neftchi-1” a'zolari Farg'onaning yana bir jamoasi “Istiqlol” bilan ilk o'yinni o'tkazishadi. O'yinlar Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida bo'lib o'tadi.

Futbol muxlislarini mazkur o'yinlarga taklif qilib qolamiz!

“Neftchi” matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz