Hojimat Erkinov: "Surxon" bilan o'yinda chempionlik masalasini hal qilamiz"

Iskandarov Abdulaziz
4 noya 2023, 12:30
"Paxtakor" jamoasi kecha Superliganing 24-turida o'z maydonida "Nasaf"ga qarshi maydonga chiqdi.

Hisobda ortda borayotgan "sherlar" 79-daqiqada Hojimat Erkinovning goli evaziga hisobni tenglashtirdi. Yakunda hisob o'zgarmadi – 1:1. O'yindan so'ng Hojimat Erkinovning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Bu o'yinda biz g'alaba qozonishimiz kerak edi. Birinchi bo'limda ham, ikkinchi bo'limda ham yaqqol ustunlikka ega bo'ldik, vaziyatlar yaratdik. Hujumlarimiz soni ham ko'p edi. Nima ham derdim, shunday bo'lishi kerak ekan. O'yindan avval "Championat.asia" sayti ekspertining fikrini o'qigandim. Unda aytilishicha, "Nasaf" juda kuchli bo'lib, "Paxtakor"ni bemalol yutar ekan. Shuning uchun ham ikki karra kuch bilan o'ynadik. 

Xudoga shukur, barchasi yaxshi ketyapti. Nasib qilsa, "Surxon" bilan o'yinda chempionlik masalasini hal qilamiz",- dedi Hojimat Erkinov. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia