Hindistonda Ronalduga haykal o'rnatildi. Mahalliy aholi bundan norozi

Оқил Абдубарноев
29 dek 2021, 19:48
Hindistonning Goa shtatida "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduning haykali o'rnatildi.

Mahalliy hokimiyat vakillari bu haykal yoshlarni ilhomlantirishiga umid qilmoqda.

Biroq mahalliy aholi bu voqeadan norozi. Bir vaqtlar ushbu shtat Portugaliya mustamlakasi edi va faol fuqarolar Portugaliyadan mustaqillikka erishganlikning 60 yilligida portugaliyalik futbolchining haykali o'rnatilishini haqorat deb hisoblashadi.

Shuningdek, ayrim tanqidchilar mahalliy futbolchilarning yutuqlariga ko'proq e'tibor qaratish kerak, deya takidlamoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: BBC