Hikmat Ergashev: "Ikkinchi o'rinni olish uchun oxirigacha kurashamiz"

Narzulla Saydullayev
24 noya 2020, 18:43
Superliganing 24-turidan o'rin olgan AGMK - "Andijon" (4:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar murabbiyi Hikmat Ergashev o'z fikrlarini bildirdi.

"Shunday sovuqda bizni qo'llab turgan muxlislarimizga rahmat aytaman. Oldingi o'yinda imkoniyat boy berilgandi, futbolda bunday holat uchrab turadi. Bugun yigitlarni tayyorlagandik, xudoga shukur 4:0 hisobida g'alabaga erishdik", - deydi Hikmat Ergashev.

- Ikkinchi o'rin uchun imkoniyat qanchalik?
- Biz hali qo'limizni tushirganimiz yo'q. Ikkinchi o'rinni olish uchun oxirigacha kurashamiz.

- Bu yil legionerlarning harakatlaridan qanchalik qoniqdingiz?

- Ochig'i bu mavsum bir tekis o'ynay olmadik. Leginerlarda ham shunday bo'ldi. Bazi uchrashuvlarda yaxshi o'ynashdi, bazilarida yomon. Buni yil oxirida tahlil qilib chiqamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia