Here we go. "Arsenal" "Tottenxem" bilan deyarli shartnoma imzolagan futbolchini ilib ketdi

Khoja
21 avg 2025, 08:22
Bir necha kundan beri "Tottenxem"ga o'tishi aytilgan Eberechi Eze faoliyatini Londonning boshqa klubida davom ettiradi.

Hujumkor yarim himoyachi "Arsenal"ga o'tishga yaqin. Bu haqida Fabricio Romano ma'lum qildi. Romanoning ma'lum qilishicha, "Arsenal" 27 yoshli futbolchining transferi uchun 69 million evro to'laydi. 

"Arsenal" Kay Xavertcning jarohati sababli ushbu tranaferni amalga oshirishga qaror qilgan. 

Eberechi Eze o'tgan mavsum 43 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 14 ta gol va 11 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano