Biz “Qizilqum” professional futbol klubi Ijrochi direktori Hamidjon Aktamovni Yangi yil bilan tabriklar ekanmiz, u kishi o'z dil izhori va tilaklarini klub rasmiy veb-sayti orqali muxlislarga etkazib qo'yishimizni iltimos qildilar.
- Darhaqiqat, yana bir necha soatdan keyin bir yoshga ulg'ayamiz, - deydi Hamidjon G'ULOMOVICH. - O'tgan yil jamoamiz qo'lga kiritgan natijalarimiz bilan u qadar maqtana olmasak-da, ma'lum tanaffusdan so'ng Navoiyga katta futbolning qaytganligi aslida katta yutuq. Yakunlangan mavsum “Qizilqum” futbol klubi rahbarlari va barcha a'zolari uchun chin manoda o'ziga xos sinov hamda moslashish yili bo'ldi. Asosiy o'zagini navoiylik yigitlar tashkil qiluvchi jamoa dastlabki davrada aksariyat jamoalar uchun etarli boshog'riq bo'lganligi, “Qizilqum”ning kelgusi imkoniyatlari xususida fikr bildirish uchun asos bo'ldi, deb bilaman.
Albatta, ishqibozlar uchun g'alabalar muhim! Buni aslo inkor etmaymiz. “Qizilqum”ning ko'psonli sadoqatli muxlislari borligidan ko'nglimiz tog'dek ko'tariladi, albatta. Shu bois, Yangi yilda biz ularni o'zimizning chiroyli o'yinlarimiz va muhim g'alabalarimiz bilan shodlantirishga bel bog'laganmiz. Buning uchun allaqachon aniq chora-tadbirlar va rejalar ishlab chiqqanmiz. Yangi mavsumda jamoamiz kuchlilar qatoriga qo'shilish uchun bor kuch-imkoniyatini ishga soladi. O'z navbatida bizni har tomonlama qo'llab-quvvatlab turgan Navoiy viloyati hokimligi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Navoiycement” OAJ rahbariyatiga jamoamiz a'zolari o'z minnatdorchiligini bildiradi.
Fursatdan foydalanib, xalqimizni, millionlab muxlislarimizni, futbolimizning barcha jonkuyarlarini kirib kelayotgan Yangi yil bilan chin yurakdan tabriklayman. Boshlanajak 2015 yil chinakam g'alabalar yili bo'lsin! Hademay, Avstraliya yashil maydonlarida start oladigan Osiyo kubogi bahslarida Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolariga faqat omadlar yor bo'lishini tilayman.
Bir so'z bilan aytganda, Yangi yilda ham qalblarimizni futbol zavqi aslo tark etmasin!
"QIZILQUM" PFK Matbuot xizmati.