

Bugun ikki ochko yo'qotdik deb o'ylayman. Yutadigan o'ynimiz edi. Penalti bo'lgan vaziyatni ko'rib chiqish kerak baribir. Futbolchilarimga etiroz yo'q, ularga rahmat aytaman. Bugun g'alaba qozonishimiz kerak edi. Bugun qiyin o'yin bo'ldi. "Bunyodkor" jamoasida yaxshi futbolchilar jamlangan, o'z akademiyasidan chiqqan ko'pchiligi. O'zbekiston terma jamoasi a'zolari ham bor. Ularga omad tilayman.
- Jamoa yaxshi o'ynadi, hujumlar qildi, ammo vaziyatlardan foydalanishda ancha passiv bo'ldi. Bunga nima sabab bo'ldi?
- Raqibimiz "Bunyodkor" edi. Aytganimdek tarkibida tajribali va terma jamoamiz a'zolari bor. Ular ham qarshilik ko'rsatishdi. To'g'ri ko'p hujum qildik, menimcha omad yetishmadi ozgina.
- Ibrohim Tomivaning keyingi taqdiri qanday bo'ladi? U keyingi mavsumda ham jamoada qolishi mumkinmi?
- Mumkin.




