Hamdamov 11,47 soniyada gol urgani e'lon qilindi

Narzulla Saydullayev
17 yanv 2016
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi a'zosi Dostonbek Hamdamov Iroqqa qarshi o'yinda 11,47 soniyada gol urdi, bu haqda OFK rasmiy sayti xabar berdi.

Hamdamovning goli OFK bayrog'i ostida o'tgan musobaqalarda eng tez urilgan ikkinchi gol bo'lib tarixga kirdi. Mutloq rekord qatarlik hujumchi Sebastyan Soriyaga tegishli. U "Laxviya" safida OCHL doirasida "Paxtakor" darvozasiga 9,34-soniyada to'p kiritgan edi.

Tezkorlik bo'yicha uchinchi o'rin BAA terma jamoasi a'zosi Ali Mabxutga tegishli. U 2015 yil Avstraliyada o'tgan Osiyo Kubogi guruh bosqichi doirasida Bahraynga qarshi bahsda gol urishi uchun 14 soniya talab etilgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia