Hakimi PSJda qoladi

Mirjalol Normatov
5 may 2022, 23:44
PSJ himoyachisi Ashraf Hakimi borasidagi mish-mishlarga oydinlik kiritildi.

Futbolchining agenti Alexandro Kamano bu boradagi savolga to'la-to'kis javob berdi.

"U Parijda baxtli. Hali yana 4 yillik shartnoma bor. U hali yosh va PSJ futbolchisi sifatida o'sishga erishadi", - dedi agent.

Oldinroq Hakimining PSJdan ketishi mumkinligi, uning klub rahbarlari bilan janjallashib qolgani borasida ma'lumotlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar

Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal