Hakim Fuzaylov: "Dinamo" Superligada? Menimcha, bunday deyishga hali erta"

Sherzod Nurmatov
6 okt 2021, 21:13
Pro liganing 20-turidan o'rin olgan "Dinamo" – "Olimpik" (5:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Dinamo" Superligada? Menimcha, bunday deyishga hali erta. Hali kurash oldinda. Bugungi g'alaba bilan samarqandlik muxlislarni tabriklayman. Yigitlarga borlarini berganliklari uchun rahmat aytaman. Xatolarni esa xotirjam ko'rib chiqamiz. 

Mavsumdagi eng yaxshi o'yinimizni o'tkazdikmi yoki yo'q, bu haqda gapirish qiyin. O'yin davomida kamchiliklarimiz ko'rindi. Ishlashda davom etamiz. "Olimpik" – juda quvnoq jamoa. Tarkibida iqtidorli futbolchilar bor. Keyingi bahsni "Neftchi"ga qarshi o'tkazamiz. Ular turnir jadvali yetakchisi. Superligaga chiqishga asosiy da'vogar. Munosib tayyorgarlik ko'ramiz", – dedi Hakim Fuzaylov.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia