Hakim Fuzaylov: "Bugun ikki ochko yo'qotdik"

Administrator
14 avg 2024, 21:52
Pro-liganing 16-turidan o'rin olgan "Xorazm"-"Sho'rtan" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Albatta, bugungi o'yin oson o'tmadi. Shuni aytishim mumkin, biz 2 ochko yo'qotdik. Ochkolarni boy berishni tugatishimiz kerak. Har bir jamoaning ham maqsadi bor. Bitta gol g'alaba uchun etarli bo'ladi, yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalana olmadik. 

- Jamoaga yangi qo'shilgan yosh futbolchilar haqida fikringiz?

- Yoshlarni tarkibga jalb etdik, ularning iqtidoriga shubha yo'q. Birdaniga to'liq yoshlarga imkoniyat bera olmaymiz. Pro-ligadagi o'yinlar oson o'tmayapti. O'yinlar mobaynida ularni katta futbolga tayyorlab boramiz.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia