Hakamlarimiz Turkiyada mashg'ulotlarni davom ettirishmoqda

Tolibjon Qosimov
14 fev 2018, 14:34
Ayni kunlarda o'zbekistonlik hakamlar Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazishayotgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Yig'inda 13 nafar referi va 17 nafar referi assistentlari ishtirok etmoqda.

Hakamlarimiz har kuni nazariy va amaliy mashg'ulotlar olib borishmoqda. Xorij delegaciyasiga O'FF Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig'i Mamur Saidqosimov rahbarlik qilyapti. Amaliy va nazriy mashg'ulotlarni FIFA yo'riqchisi Farhod Abdullaev, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha yo'riqchi Radik Xubbiev hamda koordinator Bobur Haydarov olib bormoqda.



Yig'in doirasida hakamlarimiz bir qator xorijiy mamlakatlar klublari ishtirokidagi o'rtoqlik uchrashuvlarini boshqarishayotganini ham ta'kidlab o'tish kerak.

O'yinlardan so'ng hakamlar ishi nazoratchilar tomonidan tahlil qilinib, yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar ko'rsatib o'tilmoqda. Shu tariqa hakamlarimizning saviyasini oshirish, uchrashuvlarni yuqori saviyada boshqarib borishlarini taminlashga harakat qilinyapti.

12-13 fevral kunlari o'zbekistonlik referilar quyidagi o'yinlarda hakamlik qilishdi:

“Rakov” (Polsha) – “Saburtalo” (Gruziya)
Referi: Z.Qodirov
Laynsmenlar: O.Jumaev, R.Samandarov
Inspektor: B.Haydarov

“Kiran” (Qozog'iston) – “Stal” (Ukraina)
Referi: V.Serazetdinov
Laynsmenlar: A.Sidorov, T.Galeev
Inspektor: V.Seytlin

SSKA (Rossiya) – “FK Zeta” (Chernogoriya)
Referi: V.Seytlin
Laynsmenlar: R.Nugmanov, R.Shayaxmitov
Inspektor: B.Haydarov

“Sheget” (Vengriya) – “Trinek” (Chexiya)
Referi: O.To'ychiboev
Laynsmenlar: R.Kopadze, X.Shodmonov
Inspektor: F.Abdullaev

“Akjetpes” (Qozog'iston) – “Sibir” (Rossiya)
Referi: A.Risqullaev
Laynsmenlar: O.Abduvasilov, R.Samandarov
Inspektor: M.Saidqosimov

Shuningdek, bugun 14 fevral kuni referilarimiz quyidagi uchrashuvlarni boshqarishadi:

“Desna” (Ukraina) – “Dnepr” (Ukraina)
Referi: F.Norsafarov
Laynsmenlar: A.Kalinin, A.Burov
Inspektor: V.Seytlin, F.Abdullaev

“Olmaliq” (O'zbekiston) – “Gelios” (Ukraina)
Referi: O.Tolibjonov
Laynsmenlar: S.Shoyusupov, D.Saylavov
Inspektor: M.Saidqosimov, B.Haydarov

“Shaxtyor” (Qozog'iston) – “Banantc” (Armaniston)
Referi: H.Ro'ziev
Laynsmenlar: R.Shayaxmitov, R.Nugmanov
Inspektor: B.Haydarov, M.Saidqosimov

“Viborg” (Daniya) – “Serik Spor”
Referi:R.Lutfullin
Laynsmenlar: M.Majidov, R.Fozilov
Inspektor: F.Abdullaev, V.Seytlin

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com