Habib jahon chempionati yarim finalida Xorvatiyaning mag'lubiyatidan so'ng Modrichni bir so'z bilan tarifladi

Оқил Абдубарноев
14 dek 2022, 22:46
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga yangi post joylashtirdi va unda Xorvatiya terma jamoasi yetakchisi Luka Modrichni bir so'z bilan tarifladi.

Kecha jahon chempionati yarim finalida xorvatlar Argentina terma jamoasiga imkoniyatni boy berishdi (0:3).

"Afsona", deya tarif berdi Habib.

Eslatib o'tamiz, Qatarda bo'lib o'tadigan JCH-2022 final uchrashuvida Argentina terma jamoasi Fransiya va Marokash terma jamoalari o'rtasidagi yarim final uchrashuvi g'olibi bilan to'qnash keladi. Ikkinchi yarim final "Al Bayt" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv starti 15 dekabrga o'tar kechasi 00:00 ga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: instagram.com/khabib_nurmagomedov