Gyotce: "Ronaldinyoga qarshi o'ynashni orzu qilaman"

Narzulla Saydullayev
18 dek 2013, 17:48
"Bavariya" klublar o'rtasidagi Jahon Chempionati finaliga chiqqanidan xabaringiz bor.
"Gollivud FK" yulduzi Mario Gyotce finalda Ronaldinyoga qarshi to'p surish niyatida ekan. Fikrlari bilan o'rtqolashar ekan Gyotce bolalikdan "afsungar" ning muxlisi bo'lganini ta'kidladi.  

- Ronaldinyo – super o'yinchidir. U haqiyqiy fenomen. Uning o'yinlarini ko'rish menga har doim yoqqan. Ayniqsa, "Barselona" da to'p surgan payti Roniga teng keladigan futbolchi yo'q edi. Men uning hozir ham yuqori sport formasida ekaniga ishonaman, - dedi Gyotce.

Gyotcening Ronaldinyoga qarshi o'ynash istagi amalga oshishi uchun "Atletiko Mineyro" bugun tunda "Raja Kasablanka" ni mag'lub etishi lozim bo'ladi.

Aytish lozimki, 33 yoshli Ronaldinyo 2011 yilda o'z yurtiga qaytgan edi. Uning yulduzli onlari 2003-2008 yillarga to'g'ri keladi. Roni 2004 va 2005 yillarda FIFA tomonidan yil o'yinchisi deb etirof etilgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport1.de