Gvatemala ustozi kechagi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi

Khoja
12 iyul 2024, 09:42
Kecha O'zbekiston futzal terma jamoasi Gvatemalaga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv yakunidan so'ng mehmonlar ustozi Karlos Eduardo Estrada o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'zbekiston kuchli jamoa. Shunday ekan bugun futzalchilarimiz juda yaxshi o'yin namoyish etishdi, deya ayta olaman. O'ylaymanki, bu Jahon chempionatida ham davom etadi, - degan murabbiy.

Eslatib o'tamiz, jamoalarning ilk uchrashuvida O'zbekiston futzal terma jamoasi raqiblarini 3:1 hisobida taslim etishni uddaladi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: futzal.uz