Gvardiolaning transfer nishonlari ma'lum bo'ldi

Alisher
2 iyul 2020, 18:23
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoani qayta qurmoqchi.

Ispaniyalik mutaxassisning nishonida "Bavariya" himoyachisi David Alaba va "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibalilar bor.

Gvardiolani 28 yoshli avstriyalik futbolchini ham chap qanotda, ham markazda o'ynash olishi o'ziga qaratmoqda va aynan shu poziciyalarni murabbiy kuchaytirmoqchi.

Oldinroq, "Man Siti" Alabani Sanening "Bavariya"ga transferi doirasida o'z safiga qo'shib olmoqchi edi, ammo Myunxen klubi bu variantni rad etdi. Aslida, Davidning o'zi ham ispaniyalik murabbiy qo'l ostida to'p tepmoqchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: theguardian.com