Gvardiolaning sobiq yordamchisi "Flamengo" bosh murabbiyiga aylandi

Alisher
30 iyul 2020, 11:17
"Nyu-York Siti" sobiq bosh murabbiyi Domenek Torren bugun "Flamengo" ustozi etib tayinlandi.

58 yoshli ispaniyalik mutaxassis "Manchester Siti", "Bavariya" va "Barselona"da Pep Gvardiolaga assistentlik qilgani bilan ma'lum.

Rio-de-Janeyro klubi Torren bilan Gvardiolaning maslahati bilan 1,5 yillik shartnoma imzolaydi.

"Flamengo"ning oldingi ustozi Jorje Jezush esa yaqinda "Benfika"ga qaytdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca