Gvardiola: “Zidanning taktikasini oldindan bashorat qilish qiyin”

Eldor Akmurzayev
6 avg 2020, 20:45
“Manchester Siti” ustozi Pep Gvardiola YCHL 1/8 finali doirasida “Real”ga qarshi o'tadigan javob bahsi oldidan mehmonlar ustozi haqida fikr bildirdi.

“Zidanning taktikasini oldindan topish qiyin. O'zing bilgan rejalar haqida o'ylaganingda, u boshqa qarorni qo'llaydi. Primera restartidan keyin “Real”ning barcha o'yinlari tomosha qildik, ularga qarshi bahsni qanday boshlash haqida muhokama qildik. Biroq, biz ko'proq e'tiborni o'zimiz uddasidan chiqadigan jihatlarga qaratdik”, deydi ispaniyalik.

Eslatib o'tamiz, ilk bahsda Gvardiola shogirdlari 2:1 hisobida zafar quchishgandi. Manchestyerdagi bellashuv esa Toshkent vaqti bilan 8 avgustga o'tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport-express.ru