Gvardiola Xoland haqida: "U ideal yoshdagi iqtidorli futbolchi"

Sherzod Nurmatov
12 may 2022, 19:20
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardila norvegiyalik hujumchi Erling Xolandning transferi borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Klubning qarori kelajak uchun yaxshi transfer bo'ldi. Erling tarkibimizda ko'p yillar davomida o'ynay oladi, umid qilamanki, u jamoamizga juda mos tushadi.

Sizni futbolchilar yaxshi murabbiyga aylantirishadi. U ideal yoshdagi iqtidorli futbolchi. Ishonchim komilki, biz u tez moslashib ketishiga yordam beramiz", – dedi ispaniyalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror