Gvardiola Xoland haqida: "Man Siti" qanchalik yaxshi o'ynasa, unda gol urish imkoniyatlari ko'payadi"

Aziz Tukhtamuradov
1 sen 2022, 09:57
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Nottingem Forest"ga qarshi o'yindan so'ng Erling Xoland haqida gapirdi (6:0).

"Xoland Norvegiya, Avstriya va Germaniyada qilgan ishlarini bu yerda ham bajara boshladi. U istedodli, buni bilardik va bugun uni va Xulian Alvaresni ko'rdik. Bizda ikki nafar ajoyib gol uruvchi hujumchi bor. 

O'ylaymanki, Xoland sovrinlar yutishni istaydi. Agar rekordlar va gollar bunda yordam bersa, yaxshi. Rekordlar va gollar sovrin olib kelmaydi, u buning bir qismi bo'lishini istaydi deb o'ylayman. Qanchalik yaxshi o'ynasak, unda gol urish imkoniyatlari ko'payadi", - dedi Gvardiola. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: mancity.com