Gvardiola u ko'rgan eng istedodli futbolchi kim ekanligini aytdi

Alisher
26 iyul 2019, 18:54
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola u ko'rgan eng istedodli futbolchi nomini aytib o'tdi.

"Shaharliklar" ustoziga jamoaning yosh yarim himoyachisi Fil Fodenning o'yinlari manzur kelmoqda.

"Fil Foden men ko'rgan ko'rgan futbolchilar orasidagi eng istedodlisidir", - deydi ispaniyalik mutaxassis.

Foden APLning o'tgan mavsumida 13ta o'yin o'tkazib, 1ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: manchestereveningnews.co.uk