Gvardiola Stounzning jarohati xususida gapirdi

Sherzod Nurmatov
28 dek 2023
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya chempionatining 19-turida "Everton" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:1) himoyachi Jon Stounzning jarohati xususida ma'lumot berdi.

29 yoshli angliyalik futbolchi 43-daqiqada almashtirildi.

"Hammasi unchalik yaxshi emas, lekin keling, tekshiruv natijalariga qaraylik. Uning to'pig'ida muammo bor", – dedi Gvardiola.

Ma'lumot uchun, "Manchester Siti" 37 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 4-o'ringa ko'tarilib oldi. "Everton" esa 16 ochko bilan 17-o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC