Gvardiola Sterlingning yozda "Manchester Siti"dan ketishini xohlamoqda

Alisher
25 okt 2021, 07:28
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola so'nggi matbuot anjumanida vinger Rahim Sterlingni himoya qilgani va uning jamoa uchun muhim ekanligini qayd etganiga qaramay, ispaniyalik futbolchining klubdan ketishini xohlamoqda.

Ammo, xabarlarga ko'ra, Sterlingning murabbiy bilan munosabatlari yaxshi emas. Gvardiolaning o'zi jamoa ichidagi atmosferani buzishni xohlamayapti.

Angliyalik futbolchi joriy mavsum faqatgina uch bor "shaharliklar"ning asosiy tarkibida o'rin egalladi.

Oldinroq, Angliya terma jamoasi yetakchisiga "Barselona"dan qiziqish borligi aytilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Mirror