Gvardiola: "Shu ketishda "Arsenal" muddatidan oldin chempion bo'ladi"

Mirjalol Normatov
8 apr 2023, 00:30
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLdagi chempionlik poygasi haqida gapirdi.

Ayni damda "shaharliklar" 8 ochko ortda qolgan holda "Arsenal"dan keyin 2-o'rinni egallab turibdi.

- Agarda ochko yo'qotsak, "Arsenal" muddatidan oldin chempion bo'ladi. Agarda yutaversak, yutaversak, yutaversak, balki, biz chempion bo'larmiz. Jamoam g'alabaga ko'nikib qolgan, bu muammo emas.

- "Arsenal"ning ortida o'ynash bosim beradimi?

- Unday deb o'ylamayman. Bir vaqtlar "Liverpul" bilan chempionlikni talashayotganimizda, bazida erta, bazida kech chempion bo'lganmiz. Hozir biz o'z o'yinlarimizni yutishimiz kerak, - dedi "shaharliklar" ustozi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia