Gvardiola: "O'zimga ziyon etkazishni xohladim"

Tolibjon Qosimov
27 noya 2024
Tunda YCHL 5-turidan o'rin olgan qator uchrashuvlar bo'lib o'tdi. "Manchester Siti" klubi o'z maydonida "Feyenoord"ni qabul qildi va 3:3 hisobida durang o'ynadi.

Vaholanki, Gvardiola shogirdlari 74-daqiqada ham 3:0 hisobida oldinda borishayotgan edi. O'yindan keyin Gvardiola fikrlarini bildirdi. O'sha payt uning burni shilingan va peshonasida ko'plab qizil chiziqlar bor edi. Bu haqda mutaxassisning o'zi shunday dedi.

"Boshimni tirnoqlarim bilan shildim. buni atayin qildim. o'zimga ziyon etkazishni xohladim", - dedi tabassum bilan Gvardiola.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com