Gvardiola nima uchun Manchester Sitida qolishga qaror qilganini tushuntirib berdi

Khoja
22 noya 2024, 10:42
Pep Gvardiola Manchester Siti bilan kelishuvni 2027 yilga qadar uzaytirgani haqidagi savolga javob berdi.

Nega qoldim? Men hozir ketish vaqti emasligini his qildim. Barchasi oddiy. Nega bunaqa bo'lganini mendan so'ramanglar. Balki, ketma-ket to'rtta mag'lubiyat shartnoma uzaytirishimga sabab bo'lgandir. Shunisi aniq, men hozir Manchester Sitini tashlab keta olmayman, - dedi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, Gvardiola shaharliklarni 2016 yildan beri boshqarib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: sports.ru