Gvardiola: "Men dahoman"

Aziz Tukhtamuradov
6 yanv 2023, 11:29
Pep Gvardiola "Chelsi"ga qarshi o'yindagi almashtirishlarni eng to'g'ri qaror deb hisoblaydi.

"Siti" APLning 19-turida "Chelsi"ni safarda 1:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvda g'alaba to'pini Jek Grilishning pasidan so'ng Riyad Marez raqib darvozasiga kiritdi. 

Har ikki futbolchi ham o'yinga zaxiradan qo'shilgandi. 

"Men dahoman", - dedi murabbiy ushbu o'zgartirishlar haqidagi savolga javoban. 

Shundan so'ng Gvardiola "Everton"ga qarshi o'yindagi (1:1) almashtirishlar u qadar omadli bo'lmaganini ham tan olib o'tdi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Sun