Gvardiola "Manchester Siti"dagi jarima tizimini o'zgartirdi

Aslanov Jasurbek
5 sen 2018, 07:47
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klubda telefon ishlatganlar uchun yangi jazolash tizimini ishga tushirdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, endi taktik mashg'ulotlar va jamoa yig'ilishlari paytida gadjetlardan foydalanish taqiqlanadi. Biroq kiyinish xonasida telefonni ishlatish mumkin.

Bundan tashqari, endi barcha jarima to'lovlari aniq belgilab qo'yilgan va ular futbolchining maoshiga bog'liq emas. Oldinroq, jarimalar o'yinchining haftalik maoshiga qarab belgilanar edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com