Gvardiola “Man Siti”da rekord o'rnatishda davom etmoqda

Alisher
20 avg 2023, 09:55
“Manchester Siti” ketma-ket uy uchrashuvlarida g'alaba qozonish bo'yicha klub rekordini o'rnatdi.

Pep Gvardiola shogirdlari APLning 2-turida “Nyukasl”ni mag'lub etishdi (1:0). “Etihad Stadium”da “shaharliklar” ketma-ket 17 ta uchrashuvda g'alaba qozonishdi. Bu vaqt ichida ular 55 ta gol urib, 7 tasini o'tkazib yuborgan. 

Oxirgi marta “Manchester Siti” o'z maydonida 2022 yilning 31 dekabrida g'alaba qozona olmagan. O'shanda ular “Everton” bilan durang o'ynashgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com