Gvardiola: "Lopetegi uchun afsusdaman, ammo bu futbol"

Aslanov Jasurbek
30 okt 2018, 18:45
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Xulen Lopetegining "Real"dan ketishi haqida fikr bildirdi.

"Futbol qanday tashkil qilinganini bilaman. G'alaba qozonsak o'z vazifamizda qolamiz. Agar aksi bo'lsa bizni ishdan bo'shatishadi. Xulen uchun afsusdaman, chunki u mening do'stim. U ajoyib inson.

Yaqin bir necha kun ichida unga qo'ng'iroq qilmoqchiman. Bu futbol, hech kim bu narsadan qochib qutila olmaydi. Murabbiy yomon natija ko'rsatsa u uzoq vaqt "Real" va "Barselona"dek klubda qola olmaydi. Unga omad tilayman" - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN