Gvardiola: "Inqirozdagi futbolchilar bilan hayot haqida suhbatlashaman"

Aslanov Jasurbek
24 iyun 2015, 16:10
"Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola futbolchilar qiyin ruhiy holatlarda, ular bilan qanday ishlash kerakligini tushuntirdi.

"Jamoada bir zo'r futbolchi bo'lar edi, bir kuni u ruhiy inqirozga uchradi. Men u bilan kofe ustida suhbatlashishga qaror qildim. O'shanda biz futbol haqida gaplashmadik. Hayot haqida suhbat qurdik. Keyingi uchrashuvda u 2ta gol urdi. U o'zini yaxshi his qildi, chunki men uning atrofida o'yin qurayotgan edim. Murabbiy har bir futbolchiga nima kerakligini bilishi shart" - deydi Gvardiola.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com