Gvardiola har 23ta o'yinda sovrin yutmoqda

Alisher
2 mar 2020
"Manchester Siti" kecha Angliya liga kubogi finalida "Aston Villa" (2:1)ni mag'lubiyatga uchratdi.

Bu Xosep Gvardiolaning "shaharliklar" bosh murabbiyligidagi 29-sovrini bo'ldi.

Gvardiola o'rtacha har 23ta o'yinda bitta sovrin yutmoqda. Gvardiola "Siti"ga qadar "Barselona" (14ta sovrin) va "Bavariya" (7ta sovrin)ni boshqargan.

"Manchester Siti" ispaniyalik qo'l ostida barcha 6ta finallarni yutgan: Angliya Kubogi, uch bor Angliya liga Kubogi va ikki bor Angliya Superkubogi.

Jamoa shuningdek so'nggi ikki mavsumda APL chempionligini qo'lga kiritdi.


AlisherMuallif
Manba: Marca