Gvardiola futbolchilarga: “2-ligaga tushirib yuborishsayam, “Siti”da qolaman”

17 fev 2020, 19:33
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola o'z futbolchilariga jamoa ikkinchi ligaga tushirib yuborilgan taqdirdayam klubda qolishini aytib o'tdi.

“Qanday ligada o'ynashimizdan qatiy nazar men shu yerda bo'laman.   Hattoki 2-ligaga tushirib yuborishsa ham. Birlashish vaqti keldi”, dedi Gvardiola.

“Manchester Siti” ijrochi direktori Ferran Soriano futbolchilarga shunday dedi: “Menga o'zingizga ishongandek ishoning. Biz bu to'siqdan o'ta olamiz”.

Eslatib o'tamiz, “Manchester Siti” moliyaviy qalloblikka qo'l urganlikda ayblanib, ikki yilga Evrokuboklardan chetlatilgan edi. Ma'lum bo'lishicha, Gvardiola va Rahim Sterling har qanday vaziyatda ham jamoada qolishlari aniq.

O'xshash yangiliklar