Gvardiola faoliyatini qayerda yakunlamoqchi ekanligini aytdi

13 sen 2018, 08:00
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola faoliyatini “Barselona”da yakunlash istagida ekanini aytdi.

“Mening jamoalarim o'zim istagandek o'ynashadi. Murabbiylik faoliyatimni qayerda boshlagan bo'lsam, o'sha yerda yakunlayman. Futbol olamidagi so'nggi qadamlarim “Barselona”da bo'ladi, deb umid qilaman”, - deydi Gvardiola.

Ma'lumot uchun, Gvardiola 2008-2012 yillarda “Barselona”ni boshqargan edi. U “Manchester Siti”da 2016 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo