Gvardiola Edersonning o'rniga ispan darvozabonni olib keladimi?

Administrator
22 fev 2025
"Manchester Siti" "Atletik" va Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Unai Simonning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Transferga klub bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning shaxsan o'zi qiziqish bildirmoqda. Murabbiy Ederson ketgan taqdirda, unga ispanni o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. "Shaharliklar" ustoziga shuningdek "Milan"dan Mayk Menyan va Dortmundning "Borussiya" jamoasidan Gregor Kobel qiziq.

Unai Simon Ispaniya terma jamoasi tarkibida 46ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 35ta to'p olib chiqqan va 20ta "quruq" o'yin o'tkazgan. Transfermarkt uni 28 mln evroga baholamoqda.


AdministratorMuallif
Manba: El Nacional