Gvardiola: "Bu yerda ko'p ish qildim, biroq "Real" bilan o'yin eng muhimi"

Mirjalol Normatov
16 may 2023, 20:10
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola klubda kattagina meros qoldirib ketayotganligini aytdi.

"Bu yerda mendan qoladigan meros kattagina. Ahmoq emasmiz va navbatdagi uchrashuv biz uchun qanchalar muhim ekanligini bilamiz. Balki bu yerdagi faoliyatim davomidagi eng muhim uchrashuvdir.

Futbolchilarga shunday deyapman: bu bilan yashang va har bir ondan zavq oling. Bizning omadimiz kelgan. Barchasi o'z qo'limizda va boshqalarni kutib o'tirishimiz shart emas. Shunchaki o'zimizda bo'lib, bor kuchimiz bilan o'ynashimiz kerak.

Bu jamoadagi hissiyotlarim ajoyib. Ertaga nima bo'lishidan qati nazar, ushbu futbolchilar bilan shu ergacha yetib kela oldik", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Manchester Evening News