Gvardiola: "Birdaniga to'rtta sovrin yutish shunchaki imkonsiz"

Tolibjon Qosimov
20 dek 2017, 20:04
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining mavsumning birinchi qismidagi o'yini haqida gapirib o'tdi.

Birdaniga APL, Chempionlar ligasi, Angliya kubogi va Angliya Liga kubogini qo'lga kiritish shunchaki imkonsiz.

"Birdaniga APL, Chempionlar ligasi, Angliya kubogi va Angliya Liga kubogini qo'lga kiritish shunchaki imkonsiz. Bu narsa amalga oshmaydi.

Ketma-ket 16 o'yinda g'alaba, YCHL pley-offiga yo'l olish va Liga kubogida ko'plab yosh o'yinchilar bilan o'yin - bu futbolda normal holat emas.

Boshqalar ochko yo'qotib musobaqani boy berayotgan bir paytda, biz rekordlarni yangilashda davom etamiz. Lekin, men sovrinlarning soni haqida o'ylamayapman", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: espnfc.com