Gvardiola: "Aguero - "Man Siti" afsonasi va kelajagi borasida o'zi qaror qabul qiladi"

Tolibjon Qosimov
25 dek 2017, 11:49
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hujumchi Serxio Agueroning jamoadan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berib o'tdi.

"O'yinchilarning almashtirilgandagi yoki zaxirada qolgandagi hissiyotlarini tushunaman. Ular g'azablanishadi va hafa bo'lishadi. Lekin, bazida men Jezus ham maydonga tushishga haqli deb hisoblayman. Huddi shu narsa Bernardu Silva va Mangalyaga ham tegishli. Agar, ular mening qarorlarimdan norozi bo'lishsa bu muammo emas. Muhimi, ular bir-birini hurmat qilishi.

U afsona va kelajagi borasida o'zi qaror qabul qiladi.

Men Serxioni juda ham hurmat qilaman. Uning shu kungacha erishganlarini yuqori baholayman. U afsona va kelajagi borasida o'zi qaror qabul qiladi. Men jamoamda Serxio va Gabriel, shuningdek boshqa o'yinchilar borligidan mamnunman", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: bbc.com