Gvardiola: "Agar so'zlarimga ishonishmasa, keling barcha matbuot-anjumanlarini bekor qilamiz"

Aslanov Jasurbek
3 dek 2017, 16:15
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Sautgempton"ga qarshi kechgan bahsdan (2:1) so'ng raqib futbolchisi Natan Redmondga nega baqirganini aytib berdi.

"O'zimni boshqara olmayman. Buni to'g'irlashga umid qilaman. Shunga o'xshash holat "Bavariya"da Joshua Kimmix bilan sodir bo'lgan. Hozirgidek o'zimni tutishim borasida afsuslanganman. Redmond ajoyib futbolchi, ammo agar FA faqat mening bayonotimni istasa, hamma narsani tushuntirib berishim mumkin. Nima bo'lganini tushuntirdim. Agar menga ishonishmasa, keling barcha matbuot-anjumanlarini bekor qilamiz va faqat o'yinlar bilan chegaralanamiz" - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail