Gvardiola: "Agar "Manchester Siti" CHLda g'alaba qozonmasa, bu katta muvaffaqiyatsizlik bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
27 noya 2018, 11:30
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Lion"ga qarshi bo'ladigan Chempionlar ligasi o'yini haqida fikr bildirdi.

"Birinchi bahsdagi mag'lubiyat vaziyatni og'irlashtirdi, ammo raqiblar bundan foydalanib qolishmadi. Agar Chempionlar ligasida g'alaba qozonmasak, bu katta muvaffaqiyatsizik bo'ladi.

Chempionlar ligasi qiyin turnir. Ha, jamoamizda jarohatlanganlar bor, ammo vaziyatga moslashish kerak. Yaxshi o'ynashga harakat qilamiz. Raqib qanday taktika tanashini hech kim ayta olmaydi, ammo vazifamiz - uchrashuvni yaxshi o'tkazish" - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo