Gvardiola: "Agar birinchi bo'limdagidek o'ynasak xavfli hududga tushib ketishimiz mumkin"

Aslanov Jasurbek
27 okt 2019, 12:15
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Aston Villa"ga qarshi APLning 10-tur uchrashuvidan (3:0) so'ng o'yin haqida fikr bildirdi.

"Agar ikkinchi bo'limdagidek harakat qilsak, mavsum oxirida jadval yetakchisiga aylanamiz, bunga shubha yo'q. Ammo birinchi taymdagidek o'ynasak, jadvalning xavfli hududiga tushib ketamiz. Jamoa 90 daqiqa kuchli o'yin ko'rsatishi lozim. "Aston Villa" bilan bahsda 45 daqiqa yaxshi harakat qildik" - deydi Gvardiola.

APL turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports