Guruhdagi raqibimiz Saudiya Arabistoni Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berdi

Aziz Tukhtamuradov
4 yanv 2015, 19:21
Osiyo Kubogida terma jamoamiz bilan bir guruhdan joy olgan Saudiya Arabistoni terma jamoasi bugun Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi.
Osama Xavsavining o'z darvozasiga va Yung Chol Soning kiritgan gollari Janubiy Koreya terma jamoasining 2:0 hisobidagi g'alabasini taminladi.

Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni terma jamoamiz bilan bir guruhdan o'rin olgan.

"A" guruhidan o'rin olgan Janubiy Koreya terma jamoasi esa chorak finalda hamyurtlarimizga qarshi maydonga tushishi ehtimoli yuqori.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia